INFORMATIKA DARSLARIDA TALABALARNING SONLI AXBOROTLAR BILAN ISHLASH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH USULLARI HAQIDA

Maxmudova D.M.

Abstract

Ushbu maqolada “Informatika va raqamli texnologiyalar” yoki informatikaga turdosh fanlarni o‘qitishda mashina sonlarini kompyuterda tasvirlashni o‘qitish jarayonida yuzaga keladigan didaktik muammolar o‘rganilgan. Kompyuterda sonlar bilan ishlashda talabalarning matematik bilimlarini mashina sonlari haqidagi tasavvurlar bilan to‘ldirish — mashina sonlari bilan ishlashni to‘g‘ri tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega ekanligi aniq faktlar bilan asoslangan. Olib borilgan tadqiqot natijalari asosida sonlarning to ‘g‘ri, teskari va
modifikatsion kodlari bilan ishlash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar taklif etilgan.